14 mar 08:46
Yangiliklar

Pore Kovingtonning "vyzov"iga javob qaytardi
"Bu kutilgandi — unga katta jang kerak, ammo u birdaniga titul uchun jang qila olmaydi. Sababi, u ikki marotaba chempionga imkoniyatni boy bergan. Agar u yana chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi bo'lsa, bir-ikki jangda g'alaba qozonishi kerak.
Menga keladigan bo'lsak, yarimo'rta vaznda jang qilamanmi yoki engil vaznda qolamanmi, hali aniq emas. U ijtimoiy tarmoqlarda faol — uni eshitishadi, odamlar menga Kolbi haqida savol berishadi. Lekin bu shunchaki mening uslubim emas", - deya takidlagan "Brilliant".
Pore o'ziga navbatdagi raqib sifatida Neyt Diasni afzal ko'radi va yozda u bilan jang qilishdan umidvor.
"Ha, bu men istagan jang. Har doim akasining janglarini tomosha qilganman, bu to'qnashuv muxlislar uchun ham ajoyib shou bo'ladi. Bu Kolbi bilan jangga qaraganda ishonchliroq. Umid qilamanki, bu jang shu yozda bo'ladi", - deya so'zlariga yakun yasadi Dastin.
Fikrlar