24 may 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Pore Makgregor - CHendler jangiga kutilmagan taxmin bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore irlandiyalik Konor Makgregor hamda amerikalik Maykl CHendler o'rtasidagi jangga taxmin bildirdi.
"Agar Konor o'zining oldingi ritmi, darajasi, ketishidan oldingi holatidek qaytadigan bo'lsa, u Maykl CHendlerni to'xtata oladi. Ha, u jarohat oldi va uzoq tanaffus qildi, o'z navbatida yosharmadi ham. Ammo u oldingi holati kabi bo'la olsa, unga g'alaba uchun ikki raundning o'zi etarli", - dedi Pore.
Makgregor - CHendler jangi dekabr oyida o'tkazilishi kerak. Konor uchun bu 2021 iyulidan keyingi ilk jang bo'ladi. O'shanda irlandiyalik Dastin Porega texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Konor MMAdagi faoliyati davomida 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar