12 fev 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Oliveyra-Getji jangi favoritini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore braziliyalik CHarlz Oliveyra va amerikalik Jastin Getji o'rtasidagi chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Oliveyrada g'alaba qozonish uchun ko'proq imkoniyat bor. Jastin uni faqat nokaut qila olishi mumkin. CHarlzga kelsak, u Jastinni nokautga uchratishi yoki bo'g'ib qo'yishi mumkin. Agar ikkalasini ham uddalay olmasa, katta ehtimol bilan ochko evaziga g'alaba qozonadi. Men Getji aniq mag'lub bo'ladi, demayman – CHarlz ko'p zarba o'tkazib yuboradi. U so'nggi ikki jangida nokdaun holatiga uchragan va Getji odatda hammasini oxirigacha hal qiladi. SHunday ekan, agar Jastin o'zini ko'rsata olsa, CHarlz sog'ayib ketmasligi ham mumkin. Bu qiziqarli jang, lekin men Oliveyrani favorit deb bilaman”, — deb aytib o'tgan Pore.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar