02 may 06:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Oliveyraga bergan vadasining ustidan chiqdi
Dastin Pore vada berganidek, CHarlz Oliveyraning xayriya fondiga $ 20 000 miqdorda pul hadya qildi.
Dastin UFC 269 musoboqasida CHarlz bilan jangdan so'ng, unga bu summani hayriya qilishga vada bergandi.
"Vada berildi va bajarildi. Biz CHarlz va uning Braziliya yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha qilayotgan ishlarini qo'llab-quvvatlaymiz. CHempionlikni himoya qilishda omad tilayman", - dedi Pore.
"Og'ayni, sen ajoyibsan. Rahmat senga, Dastin", - deb yozgan Oliveyra ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar