30 may 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore yangi chempion CHarlz Oliveyra haqida fikr bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC jangchisi Dastin Pore amaldagi chempion CHarlz Oliveyra haqida fikr bildirdi.
"Biz CHarlz Oliveyraning yangi qirralarini ko'rdik. U avvallari yiqilsa, qaytib turmasdi. Biroq CHendlerga qarshi jangda boshqacha harakat qildi. Maykl CHarlzni birinchi raundda deyarli mag'lub etgandi, biroq ikkinchi raundda Oliveyra o'ziga keldi va g'alabani qo'lga kiritdi. CHarlz Oliveyra - haqiqiy chempion!", - dedi Dastin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar