23 apr 09:24
Yangiliklar

Porsche Tennis Grand Prix turnirida kutilmagan yakun
Porsche Tennis Grand Prix turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi belaruslik Arina Sobolenko WTA reytingida 24-pog'onada borgan latviyalik Elena Ostapenkoga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 1/6. Ostapenko ortiqcha qiyinchiliksiz nomdor raqibasini mag'lubiyatga uchratdi.
Elena tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ilk bor Sobolenkodan ustun keldi - 1:3. Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 6, Ostapenko 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennis malikasi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik uch barobar g'oliba tomonida bo'ldi - 6 ga 2.
Elena Ostapenko mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi to'qqizinchi WTA sovrinini qo'lga kiritdi. Latviyalik tennischi SHtutgartdagi bir haftalik mehnatidan 500 reyting ochkosi, 142,610 evro mukofot puli hamda so'nggi rusumdagi Porsche avtomobiliga ega chiqdi. Sobolenko esa 325 ochko va 87,825 evroga ega bo'ldi.
Fikrlar