25 may 08:53
Yangiliklar
Futbol
Portugaliyada sensaciya: Ikkinchi divizion vakili Kubok finalida "Sporting"ni mag'lub etdi!
Portugaliya kubogining final uchrashuvi o'tkazildi.
Unda ushbu musobaqaning 18 karra g'olibi “Sporting” hamda ikkinchi divizionning uchinchi va kamtarin jamoasi “Torrense” o'zaro to'qnashdi.
Ushbu uchrashuvda sensacion natija kuzatildi: “Torrense” 2:1 hisobida g'alabaga erishib, 109 yillik tarixida ilk sovriniga ega chiqdi. SHu orqali Luis Tralyao shogirdlari navbatdagi mavsum oldidan Evropa ligasining umumiy guruh bosqichi uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi.
“Sporting” - “Torrense” 1:2
Gollar: Kevin Zoxi (4, 0:1), Luis Suares (54, 1:1), Stopira (113-pen, 1:2).
CHetlatish: Maksimiliano Araujo (109).
Malumot uchun, “Torrense” uy stadioni o'z bag'riga 2431 muxlisni sig'dira oladi.



Havola :
Fikrlar