18 avg 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin 22 avgust kungi jangi oldidan koronavirusga test topshirdi
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin Angliyadagi "Janglar bog'i"da o'tkazadigan jangi oldidan koronavirus uchun test topshirdi.
Test tahlili natijalari salbiy chiqdi, yani Povetkinda koronavirus alomatlari yo'qligini ko'rsatdi. Aleksandrdan tashqarioqshomning yana bir ishtirokchisi sobiq WBC chempioni Delfis Persun ham testdan muvaffaqiyatli o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Povetkin 22 avgust kuni Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tariladi. Jang britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirnga tegishli "Janglar bog'i"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar