09 dek 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24400_220.jpg)
Povetkin Joshua bilan jang qilmoqchi
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin Kristian Xammerni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchi.
"Men dunyoning eng zo'rlari bilan jang qilmoqchiman. Entoni Joshua bugungi kunda dunyoning eng kuchli og'ir vaznli bokschilaridan hisoblanadi.
Mening yaqin oradagi jangim Xammerga qarshi bo'ladi. Bor etiborimni shunga qaratganman. Superog'ir divizionda bitta zarba barchasini hal qilishi mumkin. Men jangga tayyorman", - dedi bokschi.
Eslatib o'tamiz, Povetkinning Xammerga qarshi jangi 15 dekabr kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : SkySports
Fikrlar