17 dek 10:03
Yangiliklar
![](/upload/storage/24894_220.jpg)
Povetkin - Joshua jangining qachon o'tkazilishi deyarli malum
Rossiyalik sobiq jahon chempioni ruminiyalik Kristian Xammerni mag'lubiyatga uchratib, Joshuaning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylangan edi. Povetkinning promouteri Andrey Ryabinskiyning aytishicha, ushbu jang kelasi yilning yozida Britaniyada o'tkaziladi.
“Biz Joshuaning promouteri bilan gaplashdik. Ular tomondan bu jangga qiziqish bor. Rejaga ko'ra 2018 yilning yozida ushbu chempionlik jangini o'tkazamiz. Bizga qolsa, bu jang Buyuk Britaniyada tashkil etilsa yaxshi bo'lardi”, – dedi Ryabinskiy.
“Joshua umuman boshqa kalibrdagi raqib. Unga qarshi kechadigan jangga alohida yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rish shart. Men Joshuaning vatani, yani Britaniyada jang o'tkazishga tayyorman”, – deya qo'shimcha qildi Povetkin.
Fikrlar