08 iyu 08:27
        Yangiliklar	
	
				
				    Gandbol			    
				
				
			
				Poytaxtimizda gandbol bo'yicha musobaqa yakunlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi ikkinchi BO'SMda gandbol bo'yicha Toshkent shahar blic turniri nihoyasiga etdi.
			Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab o'tkazilgan bahslarda 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il-qizlar o'rtasida bellashuvlar tashkil qilindi.
O'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda Yakkasaroy tumani vakillari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Mirobod va Yashnobod tumani gandbolchilariga nasib qildi.
Qizlar o'rtasidagi musobaqada esa CHilonzor jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi o'rindan Uchtepa tumani jamoasi joy olgan bo'lsa, uchinchi pog'onani SHayxontohur yoshlari band etishdi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar