17 dek 11:00
Yangiliklar
Qilichbozlik
Poytaxtimizda o'tkazilayotgan Markaziy Osiyo yosh qilichbozlarining ochiq turniridan FOTOREPORTAJ
Toshkentda 2008-2010 yillarda tavallud topgan va undan kichik yoshdagi qiz va o'g'il bolalar o'rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati bahslari bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda poytaxtlik yosh qilichbozlar o'z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o'tkazish imkoniga ega bo'lishdi.
Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan kelgan 100 nafarga yaqin sportchilar qilichbozlikning shpaga, rapira va sablya yo'nalishlari bo'yicha g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Ochiq chempionati 20 dekabrga qadar davom etadi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar