So’nggi yangiliklar

15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0

05 okt 15:16
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Prezident SHavkat Mirziyoev Osiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni tabrikladi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident SHavkat Mirziyoev Yaponiyada o'tgan Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston sport delegaciyasi azolariga tabrik yo'lladi.

Davlat rahbari terma jamoaning natijasini mamlakat sporti tarixidagi muhim yutuq sifatida etirof etdi.

O'zbekiston delegaciyasi musobaqada 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal qo'lga kiritib, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egalladi. O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari hamda Islom birdamlik tashkiloti mamlakatlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Musobaqada Osiyoning 45 davlatidan qariyb 11 ming sportchi ishtirok etdi.

Prezident karatechi Abdulvahob Rashidov, kanoechi SHohsanam SHerzodova va sport gimnastikasi vakili O'tkirbek Jo'raevning o'z yo'nalishlarida O'zbekiston uchun Osiyo o'yinlaridagi ilk oltin medallarni qo'lga kiritganini alohida qayd etdi. SHuningdek, Suhrob Xo'jaev bosqon uloqtirishda O'zbekiston tarixidagi ilk Osiyo o'yinlari oltin medalini oldi. Balandlikka sakrashda Barnoxon Sayfullaeva 1,90 metr natija qayd etib, oltin medal bilan birga shaxsiy rekordini ham yangiladi. SHarifa Davronova va Abdumalik Xalokov ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi.

Og'ir atletikachi Akbar Jo'raev 197 kilogramm natija bilan jahon va Osiyo rekordini yangiladi. O'q otish bo'yicha Vladimir Svechnikov esa ushbu sport turida O'zbekiston uchun Osiyo o'yinlaridagi ilk oltin medalni qo'lga kiritib, musobaqa rekordini ham o'rnatdi. Dzyudochi Muzaffarbek To'raboev +100 kg vazn toifasida oltin medal olib, Osiyo o'yinlarida ikki xil vazn toifasida chempion bo'lgan ilk o'zbekistonlik dzyudochiga aylandi. O'zbekiston dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Yaponiyadan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.

O'zbek kurashida esa 6 ta oltin medalning to'rttasini Ahror Ziyodullaev, SHohruxxon Baxtiyorov, Ibodatxon Agojonova va Pokizaxon Kamoldinova qo'lga kiritdi.

Mirziyoev sportchilar, murabbiylar, ularning ota-onalari va muxlislarga minnatdorlik bildirib, Aichi-Nagoyada to'plangan tajriba Los-Anjeles-2028 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik uchun muhim zamin bo'lishini takidladi. 

"Sizlar Osiyo o'yinlaridagi g'alabangiz bilan Yangi O'zbekistonda Olimpiya harakati rivoji yangi bosqichga ko'tarilgani, bu yo'lda yangi oltin avlod shakllanganini butun dunyoga namoyon etdingiz", deyiladi Prezident tabrigida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing