So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

10 dek 11:02
Yangiliklar

Kurash, Ot Sporti

"Prezident sovg'asi" - "Matiz" va "Damas" uchun kurash hamda ko'pkari musobaqasi o'tkazildi

Ayni kunlarda Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.

Jumladan, kuni kecha Buxoro viloyatining Kogon tumanida Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami munosabati bilan kurash va ko'pkari musobaqalari o'tkazildi. SHuningdek, katta bayram tadbiri va ommaviy sayllar bo'lib o'tdi.

Kurash musobaqasida Respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan 1000 nafarga yaqin katta, kichik polvonlar g'oliblik uchun gilamga chiqishdi. Mazkur musobaqada 1-o'rin jondorlik polvon Erkin Doniyorovga nasib etdi va Buxoro viloyati hokimi tomonidan bosh sovrin “Spark” avtomashinasi hamda 1 ta ot va 1 ta tuya bilan taqdirlandi.

2-o'rinni egallagan jondorlik Nurbek To'raev 1 ta tuya va 3-o'rinni egallagan xorazmlik polvonga 1 ta ot sovg'a qilindi. Sovg'alarni shaxsan viloyat rahbari va shu bilan birga viloyat kurash federaciyasi raisi O'ktam Barnoev hamda O'zbekiston milliy kurash federaciyasi raisi o'rinbosari Komil Yusupov topshirdi.

Undan tashqari o'z vaznlarida g'olib bo'lgan qolgan polvonlarimiz ham qimmatbaho sovg'alar va 30 dona qo'chqorlar bilan taqdirlanishdi.

SHuningdek, bayram tadbirida ko'pkari musobaqasi ham bo'lib o'tdi. Unda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan chavandozga ham “Spark” avtomashinasi sovg'a qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing