08 apr 09:15
Yangiliklar
Prezident sovrini uchun o'tadigan kurash musobaqasi ishtirokchilari kutib olinmoqda FOTOREPORTAJ
10-11 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Milliy kurash bo'yicha Xalqaro turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida g'oliblarga 3 000, 2-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga 2 000 hamda ikkita 3-o'rin sohiblariga 1 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.
Mutlaq vaznda g'olib bo'lgan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor bo'ladi. 2-o'rin sohibi 5 000 dollar, ikkita 3-o'rin sohiblari 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov, o'z muxbirimiz
Fikrlar