So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

12 may 11:09
Yangiliklar

Bolalar sporti

Prezident tashabbusi bilan chekka qishloqda sport koshonasi ish boshladi FOTOGALEREYA

Teglar :  SportSirdaryoXovos
Prezidentimiz joriy yilning 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Xovos tumani oqsoqollari bilan uchrashuvda mehnat va sport faxriylari tumanning eng chekka qishlog'ida yoshlar uchun sport majmuasi qurib berishni so'ragan edi.

Ana shu ezgu istak ijrosini taminlash maqsadida yangidan barpo etilgan Xovovs tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining tantanali ochilish marosimida jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat, tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi. 

Manzilli dastur asosida Jahongir Keldiev rahbarligidagi “Fregat” qurilish firmasi tomonidan  bir kunlik qatnov kuvvati 520 nafar sportchini qabul qilishga ega bo'lgan yangi zamonaviy 2-TIP sport majmuasi qurilib foydalanishga topshirildi.

Stadion yonidan yoshlarning yopiq futbol, basketbol, voleybol, gandbol, tennis, stol tennisi, boks, sharq yakka kurashi bilan shug'ullanishi uchun arenalar yangidan barpo etildi. 

Mazkur sport inshootlarini qurish uchun 4 milliard 898 million 778 ming so'm mablag' sarflandi. Majmuada 15 sport turidan tashqari yana 5 ta olimpiya sport turlari jumladan, engil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi,  kamondan o'q otish, og'ir atletika bo'yicha to'garaklar ham tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Endi yaqin kelajakda sport majmuasida bir yo'la 1 ming 100 nafar bolalar, o'smirlar, yoshlar sport bilan shug'ullanishi mumkin.

– Sport majmuasi atrofi obodonlashtirilib, manzarali daraxt va turli gul ko'chatlari ekilgani, o'rindiqlar o'rnatilgani ayni muddao bo'ldi, – deydi futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, xovoslik Lutfilla To'raev. – Bu o'z navbatida aholiga yaratilgan yana bir qulaylik. Qishloq ahli bo'sh vaqtida bu erda sayr qilib madaniy hordiq chiqaradi, sport turlari bilan shug'ullanadi. Biz bunday inshootlarni faqat Toshketga borib ko'rganmiz.

Xovos tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 500 nafardan ortiq o'g'il-qiz sportning 20 ga yaqin turlari sir-asrorlarini tajribali murabbiylardan o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Suratlar muallifi - F.Toshmatov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing