25 jan 09:04
Yangiliklar

Professional bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov kutilmaganda texnik nokautga uchradi
Unda shu kungacha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov venesuelalik Esneiker Korreaga qarshi ringga ko'tarildi.
10 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. 7-raundda raqibining kuchli zarbasidan so'ng hamyurtimizning murabbiylari jangni davom ettirmaslikni maqul ko'rishdi va shu tariqa Ravshanbek texnik nokautga uchradi.
Malumot uchun, bokschimiz u erda murabbiy Nabijon Ismanov boshchiligida jang qildi.
Qayd etish lozimki, Umurzoqov shu kungacha prof boksda 11 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan (7 ta nokaut). Kecha u afsuski faoliyatidagi dastlabki mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Korreaning o'tkazgan janglari soni esa 17 taga etdi. U 14 marotaba raqiblarini mag'lub etgan (12 ta nokaut). 2 marotaba mag'lub bo'lgan va yana 1 marta durangga erishgan.
Fikrlar