08 iyu 11:49
Yangiliklar
Professionallar o'rtasida jahon chempionlari “Rio-2016”ga yo'l olishdi
Etiborlisi,
ushbu saralash bahslarida professional boksda faoliyat yuritgan va xatto jahon
chempionlik kamarini qo'lga kiritgan charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi.
Nafaqat ishtirok etishdi, balki Rio-2016 yo'llanmalarini ham qo'lga kiritishdi. Saralashda jami to'rt nafar professional bokschi – 23 yoshli Karlos Suares (Trinidad va Tabago), 35 yoshli Geard Ayetovich (Serbiya), engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni 36 yoshli Amnat Ruenroeng (Tailand) hamda yana bir sobiq jahon chempioni 32 yoshli Xassan N’Dam N’Jikam (Kamerun) qatnashdi.
Ulardan
Suares va Ayetovich ilk bosqichdayoq mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishdi. Ancha
tajribali bo'lgan Ruenroeng va N’Jikam esa mos ravishda 60 va 81 kg vazn toifalarida
finalga qadar etib borib, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar