20 apr 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Promouter qanday holatda Usik - Fyuri jangi bo'lishi mumkinligini aytdi
Promouter Eddi Xirn qanday holatda Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang amalga oshishi mumkinligini aytdi.
"Agarda yanada ko'proq pul tikilsa, bu jang albatta bo'ladi. Borini aytyapman. Kimdir jang qilishni istamoqda, kimdir esa yo'q. Barchaning o'z qadri, narxi bor. Fyuri jang qilishni istamayapti. Agarda unga beriladigan pul ko'proq bo'lsa, tanaffussiz ham jang qilaveradi", - dedi Xirn.
Xirnning aytishiga ko'ra, Saudiya Arabistonida Usik - Fyuri va Uaylder - Joshua ishtirokidagi ikki super jang tashkillashtirishga tayyorlanishgandi. Biroq Fyuri keyinchalik bu xabarni rad qildi. Keyinchalik superog'ir vazn toifasidagi engilmas jangchilarning jangi moliyaviy kelishmovchiliklar sababli to'xtab qoldi.
Havola :
Manba : vRINGE
Fikrlar