12 fev 18:18
Yangiliklar
Promouter Usikni mag'lub etish uchun Joshua qanday harakat qilishi kerakligini aytdi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari bo'yicha sobiq chempion Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Joshua g'alaba qozonish uchun ukrainalik Aleksandr Usik bilan revansh jangida yanada tajovuzkor bo'lishi kerak, degan fikrni bildirdi.
"Joshuaga oson bo'lmasada, tajovuzkorroq harakat qilishiga to'g'ri keladi. Bazilar, Entoni darhol Aleksandrga tashlanib, haqiqiy jangni boshlashi kerak deb o'ylashadi. Ammo unday emas. Usik vazn toifasidan qati nazar, eng kuchlisidir va siz u bilan jangda o'z afzal taraflaringizdan foydalanishingiz kerak.
Joshuada ajoyib baza, ajoyib boks maktabi, tezlik va kuch bor. Menimcha, u birinchi jangda hammasidan ham foydalanmagan. Ammo, yana takror aytaman, bu oson ish emas. Jang qiyin bo'ladi, lekin Entoni jangga tayyor", — deb aytib o'tgan Xirn.
Fikrlar