24 iyu 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev EBU kamarini Vaxdan himoya qilishi mumkin
Bolgariyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Kubrat Pulev (23-1, 12 KO) o'zining navbatdagi jangini polshalik Mariush Vaxga (32-2, 17 KO) qarshi o'tkazishni rejalashtiryapti.
Katta ehtimol bilan ushbu qiziqarlish kechishi kutilayotgan jang shu yilning kuzida Bolgariyada bo'lib o'tadi. Bo'lajak jangda Pulev o'ziga tegishli Evropa (EBU) chempionlik kamarini himoya qiladi.
Kubrat ushbu chempionlik titulini britaniyalik Derek CHisorani (25-6, 17 KO) mag'lub etgach qo'lga kiritgandi. Pulev – Vax jangi g'olibi ushbu vaznda İBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi.
Havola :
Fikrlar