09 jan 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Pulev yana Joshuaga qarshi jang qilishni istamoqda
Kubrat Pulevning promouteri bokschi yana Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytib o'tdi.
"Pulev albatta Joshuaga qarshi jang qilgan bo'lardi. Lekin, Entoni endi bu to'qnashuvga rozi bo'larmikin. U superog'ir vazn toifasi yulduzi. Pulev jang bo'lib o'tmaganidan hafa bo'lgandi.
Biz Manuel CHarrni mag'lub etganimizdan so'ng, orada variantlar paydo bo'ladi", - dedi promouter.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yil Kubrat Pulev kuzda Entoni Joshuaga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, to'qnashuvga ikki hafta qolganida bolgariyalik bokschi jang qila olmasligni malum qilgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar