29 iyu 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pullarimni tikib yuborishga tayyorman". Sobiq chempion Pereyra - Proxazka jangi haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Maykl Bispingning fikricha, Irji Proxazka Aleks Pereyradan revansh oladi.
"Pereyra Proxazkaga qarshi - bu ajoyib to'qnashuv va men sizga shuni aytishim mumkinki, bu jang birinchisidan katta farq qiladi.
Jangni sabrsizlik bilan kutyapman. CHunki ishonchim komil, bu safar biz boshqacha natija ko'ramiz. Bizni boshqacha jang kutmoqda. Natija ham boshqacha bo'ladi.
SHanba kuni Irji Proxazka yarimog'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'ladi. Buning uchun so'nggi pullaringizni ham tikib yuborishingiz mumkin. Men buning uchun pul tikishga tayyorman. Proxazkaga shu darajada ishonaman", - dedi Bisping.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar