12 iyu 20:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Putin Xabibning bitta qo'ng'irog'i bilan 600 mln berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqotida bo'ldi.
Bu malumotni Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov tasdiqladi. Katta Nurmagomedovning aytishicha, Vladimir Putin Xabib bilan uchrashuv chog'ida o'g'liga o'z telefon raqamini berib, istalgan paytda qo'ng'iroq qilishi mumkinligini aytgan.
"Xabibning bitta qo'ng'irog'i sabab Vladimir Vladimirovich Putin Dog'iston Respublikasida Xabib Nurmagomedov nomli sport maktabi ochish uchun 600 million rubl ajratish haqida Qarorga imzo chekdi. O'ylaymanki, ajratilgan sarmoya yaqin yillarda o'z mevasini beradi", - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar