24 mar 07:29
Yangiliklar
Sport kurashlari
PWL 11. Layloxon Sobirovaning raqibasi malum bo'ldi + POSTER
Xabaringiz bor, 27 mart kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da jahon sport kurashlari yulduzlari ishtirokidagi PWL 11 turniri bo'lib o'tadi.
Tashkilotchilar tomonidan oqshomning yana bir qiziqarli bellashuvi elon qilindi. Ayollar kurashi bo'yicha 59 kg vazn toifasida Osiyo vice-chempioni Layloxon Sobirova Qirg'iz Respublikasi vakili Sezim Jumanazarovaga qarshi gilamga chiqadigan bo'ldi.
Bu ikki kurashchi bir-birlarini juda yaxshi biladi, ular bir necha bor xalqaro musobaqalarda o'zaro to'qnash kelishgan. Ayni paytda Layloxon UWW jahon reytingida 14300 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Jumanazarova esa hali Top-25`talikda yo'q.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar