07 fev 08:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pxenchxandagi tog' chang'isi bo'yicha bahslar qoldirilishi mumkin
Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida havo harorati minus 22 darajaga tushib ketdi.
Buning natijasida Qishki Olimpiadaning tog' chang'isi bo'yicha musobaqasi kechiktirilishi mumkin. Xalqaro chang'i sport turlari federaciyasi (FIS) prezidenti Janfranko Kasperning aytishicha, agar harorat -22 gradusdan tushib ketsa, musobaqa bekor qilinadi.
“Xalqaro federaciya qoidalariga ko'ra harorat minus 22 darajadan
tushib ketsa, musobaqa bekor qilinadi. Turnir direktori va shifokorlar bilan
maslahatlashgach, bu borada yakuniy qarorga kelamiz”, – dedi Kasper.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar