13 fev 07:46
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pxyonchxan-2018. Rossiya ikkinchi medalini qo'lga kiritdi
Pxyonchxanda davom etayotgan Qishki olimpiya o'yinlarining navbatdagi kuni Rossiya terma jamoasiga ikkinchi medalni taqdim etdi.
Xalqaro olimpiya qo'mitasi bayrog'i ostida musobaqalarda ishtirok etayotgan rossiyaliklar bu safar kerling bahslarida medalga ega chiqishdi. Anastasiya Brizgalova va Aleksandr Krushelnickiy dabl-mikst, yani aralash juftlik bahslarida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, bu Rossiya terma jamoasining kerling musobaqasida qo'lga kiritgan ilk Olimpiada medali bo'ldi. Anastasiya va Aleksandr bronza medali uchun kechgan uchrashuvda Norvegiya terma jamoasidan 8:4 hisobida ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar