19 fev 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan ilk kamar himoyasini qachon o'tkazishini aytdi
O'ta engil vaznda UFC chempioni Pyotr Yan rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan turnirda o'z kamarini himoya qilmoqchi.
"Oq uy. Iyun!", - deb yozdi Yan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan 2025 yilning dekabr oyida o'tkazilgan UFC 323 turnirida gruziyalik Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionga aylangandi. Uning hisobida 20 ta g'alaba va beshta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : mma.metaratings
Fikrlar