05 dek 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan - Merab Dvalishvili haqida: "O'z "mahallangda" jang qilish oson"
UFC sobiq chempioni Pyotr Yan raqibi Merab Dvalishvilining ko'p vaqt Las-Vegasda tayyorgarlik o'tayotganiga munosabat bildirdi.
Ularning revanshi 7 dekabr kuni UFC 323 turnirida bo'lib o'tadi va kechaning asosiy jangi bo'ladi.
"O'z hovlingda, "mahallangda" jang qilish juda oson. Bu erda yoki Los-Anjelesdagi jang — deyarli uyda jang qilgan bilan barobar. Har hafta jang qilib yuraverasan, doim jangga chiqishing mumkin. Men 2018 yilda shartnoma imzolaganimda, bir yilda beshta jang o'tkazganman — birortasi uyda emas edi. Agar menga ham uyda jang qilish imkoni bo'lganida, yilga o'nta jang ham jang qilib qo'yar edim", — dedi Yan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar