25 jan 17:29
Yangiliklar
Pyotr Yan navbatdagi jangi haqida: "Bu allaqachon hal qilingan"
"Keyingi jangim oldindan belgilab qo'yilgan. UFC Merabga tayyor bo'lishi bilan, tiklanishi bilan revanshni kafolatlaydi - yo bahor, yo yoz bo'ladi. Biz rahbariyat qarorini kutyapmiz", - deya rossiyalik jangchining so'zlarini keltiradi Red Corner MMA.
Pyotr Yan va Merab Dvalishvilining bo'lajak jangi ularning qarama-qarshiligini trilogiya darajasiga olib chiqadi. 2023 yil mart oyida gruziyalik besh raund yakunlariga ko'ra g'alaba qozongan bo'lsa, 2025 yil dekabr oyida o'tkazilgan chempionlik jangida Yan Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etib, ishonchli tarzda revansh olgandi.
Dvalishvili yaqinda bergan intervyusida liga rahbariyati unga Yan bilan uchinchi jangni kafolatlaganini tasdiqlagandi.

Fikrlar