18 mar 21:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan qachon Sterling bilan revansh o'tkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi
Sobiq UFC chempioni Pyotr Yan qachon Aljameyn Sterling bilan jang o'tkazishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Revansh o'zaro muhokama qilinmoqda. Ikki-uch oy ichida barchasi bo'ladi. Ammo, biz UFC'da hammasi tezda o'zgarib ketishini bilamiz. Umuman olganda, may-iyun oylarida revansh o'tkazishni rejalashtiryapmiz.
Bunday holat yuz bergani albatta yoqimsiz. Xato qildim va jazoimni oldim. Ammo, endi men hammasiga boshidan erishmoqchiman. Biz apellyaciya bermadik, chunki ular katta ehtimol o'z qarorlarini o'zgartirishmasdi. Bu UFC'ning imijiga tasir qilgan bo'lardi", - dedi Pyotr Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan chempionlik jangida taqiqlangan zarba berib diskvalifikaciyaga uchragandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar