19 avg 08:01
Yangiliklar

Pyotr Yan Sterlingga qarshi revansh uchun qachon tayyorgarlikni boshlashini aytdi
Pyotr Yan va Aljameyn Sterling o'rtasidagi uzoq kutilgan revansh 30 oktyabr kuni UFC 267 doirasida o'tkaziladi. Ushbu kardga Abu-Dabi shahridagi "Janglar oroli" mezbonlik qiladi. Yan ushbu jangga qachon tayyorlanishni boshlashini aytdi.
"Avgust oyining oxirlariga kelib, biz faol tayyorgarlik bosqichiga o'tamiz. SHartnoma rasman imzolangani yo'q. Ammo, matchmeykerlar va UFC rahbariyati jang Abu-Dabida o'tkazilishi borasidagi qarorni qabul qilib bo'lishdi. Bu narsa sir emas. SHunchaki rasmiyatchilik ishlari qolgan holos", - deydi Pyotr Yan.
Eslatib o'tamiz, ikki jangchi o'rtasidagi birinchi to'qnashuvda Pyotr Yan taqiqlangan zarba berib, diskvalifikaciyaga uchragan va o'z kamarini boy berib qo'ygandi.
Fikrlar