So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

31 okt 18:02
Yangiliklar

Og'ir atletika

Qamashi tuman hokimi chempionlarni 5 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirladi

So'nggi yillarda Qamashi tumanida bir qator sport inshootlarining foydalanishga topshirilishi yoshlarni sportga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirmoqda.

Milliy kurash, karate, og'ir atletika, boks, voleybol, dzyudo, futbol va boshqa sport turlaridan tuman yoshlari viloyat, respublika va jahon miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalarda munosib ishtirok etmoqda. 

Xususan, og'ir atletika sport turida yoshlarimizning erishayotgan natijalari quvonarli. 2019 yilning mart oyida AQSH da bo'lib o'tgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati milliy terma jamoa uchun muvaffaqiyatli o'tgani bilan esda qoldi. Vakillarimiz jami 16 ta medal jamg'arishdi. 

Jahon chempionatida qamashilik Nigora Abdullaeva 3 ta oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Tursunoy Jabborova 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni o'ziniki qilib olgandi. 

SHuningdek, yaqinda Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatida ishtirok etib kelgan sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi. O'z vazn toifasida T. Jabborova tengsiz bo'lgan bo'lsa, N.Abdullaeva kumush medalni qo'lga kiritdilar. Albatta, bularning barchasi quvonarli natijalar. 

Jahon va Osiyo chempionatlarida ko'rsatilgan ushbu natijalar qizlarimizga Olimpiada yo'llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini keltirgani sportchi qizlarimiz oldiga yanada yuksak marralarni qo'ymoqda.  

Qamashi tuman hokimligida Tokio olimpiadasiga yo'llanma olishda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgan sportchilar T.Jabborova va N.Abdullaeva va yosh sportchilar bilan tuman hokimi SHerali Sanaev uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tuman hokimi yoshlarga chidamli va sabrli bo'lish kerakligi to'g'risida gapirdi. Yurtimizda sportga qaratilayotgan etibordan unumli foydalanish zarurligini ham aytib o'tdi. 

Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlari Nigora Abdullaeva va Tursunoy Jabborovaga tuman hokimligi tomonidan 5 million so'mlik mukofot pullari berildi.

- Har bir inson yurakdan mehnat qilsa albatta, o'z o'ylagan natijasiga erishadi, - deydi jahon chempioni Tursunoy Jabborova. 5 million so'm pul mukofoti va tuman hokimimizning ishonchlari uchun tashakkur aytaman. Asosiy maqsadim bo'lgan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun tinimsiz mehnat qilaman.

Faxriddin CHORIEV, Qamashi tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi inspektori 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing