14 jan 12:05
Yangiliklar

Qamashida kurash bo'yicha tuman ochiq birinchiligida g'oliblar malum bo'ldi FOTOGALEREYA
2021 yil Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholini salomatligini mustahkamlash yili va 14 Yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda tumanda kurash sport turini ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati CHiroqchi tuman bo'limi va Qamashi tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada tumandagi sportchilar va Qarshi shahri, Kitob tumani, SHahrisabz shahri, Yakkabog' tumanlaridan uch yuz oltmish nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi.
Musobaqa ochilish marosimida tuman hokimligi masul xodimi SHerbek Soatov so'zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sportga bo'lgan etiborlari hamda sport sohasida olib borilayotgan bir qator ishlar yuzasidan to'xtalib o'tdi va shundan so'ng, musobaqa ishtirokchilarga omad tiladi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tuman ochiq birinchiligi musobaqasida sportchi yoshlar o'n etti vazn toifalarida kurash gilamida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.
Qiziqarli bahslarga boy bo'lgan kurash musobaqasida tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi va bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan tayinlangan musobaqa hakamlari bayramona tashkil etilgan yosh polvonlar bellashuvida odilona olib borishi kurash ishtiyoqmandlarining olqishiga sazavor bo'lishdi.
Tuman ochiq birinchiligi musobaqasi g'oliblari:
24 kg. 1. Alpomish Esanov (Qamashi tuman BO'SM)
27 kg. 1. Yusufbek Ovlaqulov (Qamashi tuman BO'SM)
30 kg. 1. Adhambek To'ychiev (Qamashi tuman 47-maktab)
33 kg. 1. Javohir CHoriev (Qamashi tuman 47-maktab)
36 kg. 1. Vohid SHoydullaev (Qamashi tuman 41-maktab)
38 kg. 1. Husniddin Xudoynazarov (Qamashi tuman 80-maktab)
40 kg. 1. Sardorbek Orolov (Kitob tuman BO'SM)
44 kg. 1. Behro'z SHokirov (Qamashi tuman 40-maktab)
46 kg. 1. Mahmud Mirzamurodov (Kitob tuman BO'SM)
48 kg. 1. SHohjahon Yo'ldoshov (Kitob tuman BO'SM)
+48 kg 1. Jafarbek Jumaev (Kitob tuman BO'SM)
50 kg 1. Oltiboy Elboev (Qamashi tuman 41-maktab)
55 kg 1. Mardon Turaev (Qamashi tuman Kitob tuman BO'SM)
60 kg 1.SHerzod Suyunov (Qamashi tuman 8-maktab)
65 kg 1.Sardorbek Toshniyozov (Qarshi shahri, kurash markazi)
71 kg 1. Yahyo Nurmatov (Qamashi tuman BO'SM)
+71 kg 1. Doudbek Avazov(Qarshi shahri, kurash markazi)
Umumjamoa hisobida (musobaqa g'oliblari ko'rsatgichi bo'yicha) jamoalar qo'yidagi o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
1-o'rin Kitob tuman BO'SM
2-o'rin Qamashi tuman BO'SM
3-o'rin Qamashi tuman 47-maktab
3-o'rin Qarshi shahri, kurash markazi
4-o'rin Qamashi tuman 41-maktab
Musobaqa yakuniga etgach,musiqa sadolari ostida taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindorlar Qashqadaryo viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati CHiroqchi tuman bo'limi, Qamashi tuman hokimligi homiyligida qimmatbaho esdalik sovg'alari hamda medal va diplom bilan mukofotlashdi.
Bekzod SHOTO'RAEV, Qamashi tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari:
- Kurash bo'yicha tuman ochiq birinchiligi musobaqasining yuqori saviyada o'tkazilishi yoshlarimizning sportga, kurash turlariga,kurashga bo'lgan qiziqishi ortishi xizmat qildi, deb o'ylayman. Tuman markazida qad rostlagan bolalar-o'smirlar sport maktabi o'tgan yili foydalanishga topshirildi. Sport maktabimizdagi katta o'lchamdagi muhtasham sport zalida endi har qanday belashuvlarni o'tkazish imkoniyati yaratilgan.
Mazkur musobaqaning munosib tarzda o'tishida Qashqadaryo viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati CHiroqchi tuman bo'limi, tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Albatta, tashkilotchilarga, hakamlar hayatiga, barcha musobaqa ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Tumanimizdagi sportsevar yoshlarimiz bugungi musobaqada viloyatimizning tuman (shahar)laridan tashrif buyurgan nomdor yosh polvonlarining ajoyib chiqishlaridan namuna olishdi, qaysidir manoda sportning ommmaviyligi taminlaydi, o'smirlar va yoshlarimizning sportga bo'lgan mehrini yana ham oshiradi.
Sobit Bo'riev: Kitob tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi kurash murabbiyi:
- Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgan,buning uchun tashkilotchilarga shogirdlarimiz nomidan rahmat. Milliy sport turimiz bo'lgan kurash bugun nafaqat viloyatimizning chekka hududlarida balki Qamashi tumanida ham rivojlanib ulgurganiga bugungi belashuvlarda davomida ham isbotlab turibdi. Viloyatimiz yosh polvonlari ham nufuzli va halqaro musobaqalarida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. Bugungi tuman ochiq birinchiligi musobaqasida deyarli barcha vaznlarda tushgan shogirdlarimiz barcha raqiblarini engib chempion bo'lishdi, bundan xursandmiz. Ushbu musobaqada munosib ishtirok etib umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdik.
OLAMSPORT sayti muxbiri, Qamashi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bosh inspektori Faxriddin CHORIEV
Fikrlar