So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

15 mar 07:44
Yangiliklar

Kurash

Qamashida milliy kurash bo'yicha musobaqa o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  QashqadaryoKurash
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani markazidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida o'smirlar va yoshlar o'rtasida kurash bo'yicha 2-BO'SM ochiq birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Sport maktabi mamuriyati tomonidan tashkil etilgan musobaqada Qarshi shahri, Yakkabog' va Kitob tumanlarining umumiy o'rta talim maktablaridagi kurash to'garaklarida qatnashayotgan 260 nafardan ziyod yosh polvonlar jami 20 ta vazn toifasida gilamida o'zaro bellashishdi. 

Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida mezbonlar - Qamashi tuman BO'SM-2 jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Qarshi shahrining “Kurash” markazi jamoasi ikkinchi, Kitob tuman jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi. 

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari 2020 yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g'oyalarini o'zida mujassam etgan milliy sportimiz bo'lgan kurashni ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Qamashi tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabining “Kurash” bo'limi  murabbiyi, musobaqa tashkilotchisi Abdulaziz Xursanov. - Qaror doirasida qabul qilingan “Yo'l xaritasi” belgilangan chora-tadbirlar esa kurashni kelgusida Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritishga xizmat qiladi.

G'oliblarni sport maktabi mamuriyati, tuman "Mahalla" xayriya jamg'armasi mutaxassisi Rustam Eshmamatov, "Ulug'bek" mahallasi raisi o'rinbosari Barat Qo'chqorovlar qutlab, ularga diplom, medal va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing