So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

27 may 15:11
Yangiliklar

Bolalar sporti

Qamashilik bolalar uy sharoitida mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda FOTOGALEREYA

Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sport talim muassasalarida karantin davrida sportchi-o'quvchilar uy sharoitida murabbiylar tomonidan berilayotgan yuklamlarni bajarishmoqda.

Jumladan, viloyat boshqarmasi tasarrufidagi Qamashi tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham uy sharoitida masofadan trenerlari ko'rsatmalariga amal qilib, mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. 

Tumanda yagona bo'lgan ushbu bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilarining ko'pchiligi milliy va xalqaro musobaqalarning sovrinlarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishgan.  

Mazkur sport maktabida boks, dzyudo, taekvondo (ITF), taekvondo (VTF), kurash, belbog'li kurash, qo'l to'pi, voleybol, qo'l jangi, engil atletika, futbol, stol tennisi, badiiy gimnastika, og'ir atletika, shaxmat-shashka kabi jami o'n beshta sport turi mavjud bo'lib, 1565 o'g'il-qiz 35 nafar tajribali murabbyilar qo'l ostida mahoratlarini oshirib borishadi.   

Sport maktabi direktori Dilshod Berdievning takidlashicha, o'g'il-qizlarning o'zlari tanlagan sport turlari bo'yicha emin-erkin shug'ullanishlari uchun shart-sharoitlar etarlicha yaratilgan. Maqsad – ommaviylikni taminlab, sportga oshno bolalarni katta sport sari etaklash va terma jamoalarga munosib izdoshlar tayyorlash.   

Yuksak orzulari sari odimlayotgan sport maktabi yoshlari karantin sabab bugun uyda. Biroq mashg'ulotlar rejaga ko'ra masofadan davom ettirilmoqda. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing