So’nggi yangiliklar

10:19Ислам Махачев ЖЧ-2026`да қайси терма жамоага мухлислик қилиши маълум 0 09:50Элдор Шомуродов матбуот анжуманида нималар деди? 0 09:08WBO Дэвин Хейнига мажбурий ҳимоя жангини ўтказишни буюрди 0 08:43Синдаров - Гукеш жаҳон тожи учун матчи Ўзбекистонда бўладими? 0 08:12Курашчи қизларимиз "Иссиқкўл Опен" турнирида 5 та медаль қўлга киритишди 0 07:39Фабио Каннаваро: "Эхтиёткорлик билан ўйнаймиз" 0 07:11Mangu 4 турнири қайси шаҳарда ўтказилиши маълум бўлди 0 19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0

17 iyu 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA

"Qaror qabul qildim". G'ofur Rahimov murojaat bilan chiqdi

Xalqaro boks associaciyasi (AIBA) prezidenti G'ofur Rahimov istefoga chiqdi. AIBA saytida uning murojaati elon qilindi.

«So'nggi bir yarim yil davomida tashkilotimizdagi vaziyatni barqarorlashtirish yo'lida bosilgan qadamlarni maqullab, qo'llab-quvvatlab turganingizni doimo his qilib turdim», — deyiladi bayonotda.

G'ofur Rahimovning qayd etishicha, boksdagi islohotlarning og'ir davri «siyosiy asoslangan yolg'on ayblovlarga qarshi uning shani va qadr-qimmatini himoya qilish»ga qaratilgan jarayonlar bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi. 

«Ushbu jarayonlar mening nomimni yolg'on ayblovlardan tozalashni tezlashtirish uchun sud va boshqa yig'ilishlarda muntazam qatnashishimni talab qiladi. CHuqur qayg'u bilan AIBA prezidenti lavozimidan zudlik bilan istefo berish haqida qaror qabul qildim», — deya xulosa qilingan Rahimovning murojaatida.

G'ofur Rahimov 2018 yil noyabrida AIBA rahbariga aylangan edi. AIBA rahbarligiga saylovlar arafasida AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlar ustidan nazorat bo'yicha departamenti G'ofur Rahimov sankciya ro'yxatiga kiritgan edi.

O'shanda Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) G'ofur Rahimovni AIBA rahbarligiga uning nomzodi ilgari surilishi boksning Olimpiya o'yinlaridagi maqomiga salbiy tasir qilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirgani malum bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 iyu 21:59:12
holis1956
тугри
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing