So’nggi yangiliklar

21:17Навбаҳор Ҳамидова проф боксда ғалабали дебют қилди 0 17:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда 0 17:17Менежер: "Усик истаган вақтида ва истаган рақибга қарши жанг қилади" 0 16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0 14:11Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди 0 13:50Шон О`Мэлли: "Шуга Оқ уйда Янга, Америка эса Россияга қарши! Бу мантиқан тўғри" 0 13:29Икки грузин Мадридда учрашиб қолди + ФОТО 0 13:08Энтони Жошуа Жейк Пол билан жангдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди 0 12:47"Реал" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:26Бен Аскрен: "Усман Махачев билан жангга лойиқ эмас!" 0

07 mar 15:55
Yangiliklar

Futbol

Qatar 2025 yilda FIFAning 2 ta turniriga mezbonlik qiladi

Teglar :  Qatar
FIFA kengashi tashkilot homiyligidagi ikkita turnirning o'tkazilish sanasi va joyini tasdiqladi.

3-27 noyabr kunlari Qatarda FIFA U-17 o'smirlar jahon chempionati, 1-18 dekabr kunlari esa FIFA Arab millatlari kubogi bo'lib o'tadi.

Arab millatlari kubogida arab dunyosining eng kuchli 16 ta jamoasi ishtirok etadi, o'smirlar jahon chempionati esa ilk bor kengaytirilgan formatda o'tkaziladi: unda 48 ta milliy terma jamoa qatnashib, 25 kun davomida 104 ta o'yin o'tkazadi.

"Qatar yana bir bor futbol orqali butun mintaqa va jahondagi insonlarni birlashtiradi. Biz futbolchilar va muxlislarga yuqori darajadagi infratuzilma va unutilmas tajriba taqdim etishni intizorlik bilan kutmoqdamiz", – dedi Qatar sport va yoshlar ishlari vaziri hamda ikki turnir tashkiliy qo'mitasi raisi shayx Hamad bin Halifa Al Tani.

Qatar ilgari FIFA-2022 Jahon chempionati, Osiyo Kubogi-2023, Arab millatlari kubogi-2021 va boshqa ko'plab yirik musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazgandi. Mamlakat kelajakda o'smirlar jahon chempionatining keyingi beshta musobaqasiga, shuningdek, 2029 va 2033 yillardagi Arab millatlari kubogiga mezbonlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing