23 dek 14:50
Yangiliklar
Og'ir atletika
"Qatar Weightlifting Cup". Nigora Abdullaeva terma jamoamizga 3 ta medal taqdim etdi + FOTO
Qatar poytaxti Doha shahrida og'ir atletika bo'yicha "10th Qatar Weightlifting Cup" musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi -58 kg vazn toifasida tashkil etilgan bahslar ham yakuniga etdi.
Ushbu divizionda yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Abdullaeva dast ko'tarish, siltab ko'tarish hamda ikki kurash yakunlariga ko'ra 3 ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Nigora ketma-ket ikkinchi xalqaro musobaqasida ham shohsupaga ko'tarildi.
Malumot uchun, o'zbekistonlik og'ir atletikachilar "Qatar Cup" musobaqasida hozirga qadar 9 ta medal jamg'arishdi.









Havola :
Manba : t.me/weightlifting_fed
Fikrlar