30 apr 13:49
Yangiliklar
Velosport
"7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team" azosi SHahnoza Abdullaeva "Tour of Bostonliq” g'olibi!
Toshkentda veloshosse bo'yicha "Tour of Bostonliq" poygalari yakunlandi.
Ikkinchi kun o'tkazilgan poygada erkaklar 162.8 km, ayollar 113 km masofada bellashishdi.
Dastlabki bosqichda katta tafovut bilan g'alaba qozongan "7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team" azosi SHahnoza Abdullaeva yakunda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi bosqichda kuchli uchlikdan joy olmagan bo'lsa ham, peloton bilan finish chizig'ini bosib o'tgani uning ayollar o'rtasidagi poygalarni g'alaba qozonishini taminladi.
O'zbekiston terma jamoasining etakchisiga aylangan Sergey Rostocev shiddatli kechgan 2-bosqichda ikkinchi natijani qayd etdi. Afsuski, bu unga umumiy klassifikaciyada sovrindorlar qatoridan joy olish uchun kamlik qildi.






Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar