25 noy 16:11
Yangiliklar
Qatarning muvaffaqiyatsizliklari, sensaciya va rekordlar - JCH-2022 1-turining asosiy voqealari
Endigina 16 ta o'yin ortda olganiga qaramasdan, bu turnir allaqachon noyob bo'lib qoldi! Quyida JCH-2022 birinchi turining asosiy voqealari haqida gapiramiz.
JCH mezboni ilk bor birinchi uchrashuvda mag'lub bo'ldi
Gapni birinchi o'yinda mag'lub bo'lgan Qatar jahon chempionati tarixiga kirganidan boshlasak. Bungacha turnir mezboni bo'lgan hech bir jamoa debyut uchrashuvida imkoniyatna boy bermagandi. Eslatib o'tamiz, Qatar Ekvadorga 0:2 hisobida yutqazdi. Avvalgi 22 ta musobaqada Jahon chempionatlariga mezbon davlatlar 16 marta g'alaba qozongan, yana 6 marta durang qayd etilgan.
Almashtirishlar soni bo'yicha rekord
2022 yilgi Jahon chempionatida bir jamoa o'yin davomidagi almashtirishlar soni bo'yicha ham rekord o'rnatdi. Angliya – Eron uchrashuvida angliyaliklar beshta o'zgarish qilishdi, biroq oradan bir-ikki daqiqa o'tib eronliklar ulardan "o'zib ketishdi" va oltinchi o'zgarishga qo'l urishdi. Yaqin vaqtdan beri futbolda besh marta almashtirishga ruxsat berilgan va Eron terma jamoasi darvozaboni jarohat olgani tufayli qo'shimcha o'zgarish qilish huquqiga ega chiqdi.
O'yin boshida Alirizo Beyranvand o'z himoyachisi bilan to'qnashib ketishi oqibatida uning burni sindi va miya chayqalishida shubha qilindi. Aynan oxirgi omil eronliklarga qo'shimcha almashtirish imkonini berdi. Eronliklar 77-daqiqada oltinchi o'zgarishni amalga oshirishdi – Ahmad Nurullohi o'rniga Serdar Azmun maydonga tushdi.
Jahon chempionatining eng uzoq davom etgan o'yini
Angliya – Eron uchrashuvida yana bir qancha rekordlar o'rnatildi. Eron darvozaboni Alirizo Beyranvand jiddiy jarohat oldi va unga uzoq vaqt maydonda tibbiy yordam ko'rsatildi. Natijada bosh hakam birinchi bo'limga 14 daqiqa qo'shib berdi. Ikkinchi taymga kelib esa uchrashuv bosh hakami braziliyalik Rafael Klaus 10 daqiqa qo'shib qo'ydi. Umuman olganda, jamoalar maydonda 117 daqiqa 16 soniya to'p tepishdi. Agar asosiy vaqtni hisobga oladigan bo'lsak, bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan o'yin hisoblanadi. Avvalgi rekord 1994 yilgi Jahon chempionatida o'rnatilgan – o'shanda Janubiy Koreya va Boliviya o'rtasidagi o'yin 103 daqiqa 56 soniya davom etgan.
Eng kech gol
Angliya – Eron o'yinida Jahon chempionati tarixidagi eng kech gol guvohiga aylandik: aniqrog'i, o'yinning 103-daqiqasida eronlik Mehdi Taremi penaltini golga aylantirdi. Agar birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtni hisobga oladigan bo'lsak, uning goli umumiy hisobda 117-daqiqaga to'g'ri keladi.
2002 yildan beri ilk marta bitta o'yinda sakkizta to'p kiritildi
Angliya va Eron yigirma yil avvalgi rekordni takrorladilar: o'shanda Jahon chempionatining birinchi bosqichidagi o'yinda Germaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni darvozasiga javobsiz sakkizta gol urgan edi. Angliya – Eron o'yinida ham sakkizta gol ko'rdik, uchrashuv 6:2 hisobida inglizlarning foydasiga hal bo'ldi.
Ilk sensaciyalar
Ushbu jahon chempionatida ilk sensaciyalar allaqachon sodir bo'ldi. Birinchi navbatda, bu Saudiya Arabistonining Argentina terma jamoasi ustidan qozongan g'alabasiga (2:1) tegishli. Saudiyaliklar dastlab mag'lubiyatga uchrashayotgandi, ammo tanaffusdan keyin bir necha daqiqa farq bilan ikkita gol urdi va favorit bilan o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdi. Endi argentinaliklar pley-offga chiqishni o'zlariga juda qiyinlashtirdi, chunki qog'ozda Saudiya Arabistoni guruhning yaqqol autsayderi edi.
SHuningdek, Tunis – Daniya va Marokash – Xorvatiya (ikkisi – 0:0) o'yinlaridagi durang, shuningdek, Yaponiyaning Germaniya ustidan qozongan g'alabasi (2:1)ni ham shov-shuvli deb atash mumkin.
Eriksenning qaytishi
O'tgan yozda Kristian Eriksenning Finlyandiya bilan Evro-2020 o'yinida dahshatli qulashini butun dunyo tomosha qildi. Daniyalik futbolchining yuragi to'xtab qoldi, u hayot va o'lim o'rtasida qoldi. Yaxshiyamki, Eriksen omon qoldi, ammo boshqa savol tug'ildi: u futbol o'ynay oladimi?
Kristian Italiyadan Angliyaga ko'chib o'tdi va faoliyatini davom ettirdi. 2022 yil boshida esa terma jamoaga qaytdi va tiklanib oldi. Tunisga qarshi o'yin Eriksenning xalqaro turnirdagi birinchi o'yini bo'ldi.
Buyuk Jiru
Karim Benzema yo'qligida Franciya terma jamoasi hujumini abadiy Olive Jiru oldinga boshlamoqda. Faoliyati davomida past baholangan va hatto "yog'och" deb atalgan 36 yoshli hujumchi Avstraliyaga qarshi o'yindagi dublga erishdi. Natijada terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Olive hisobida Franciya terma jamoasi uchun 115 o'yinda 51 ta gol bor – Terri Anri bir xil ko'rsatkichga ega. Bundan tashqari, Jiru Jahon chempionatida "ko'klar" safida eng keksa gol muallifiga aylandi.
Birinchi yirik mag'lubiyat
Albatta, Angliyaning Eron ustidan qozongan 6:2 hisobidagi g'alabasi yirik mag'lubiyat hisoblanadi. Ammo Ispaniya va Kosta-Rika uchrashuvi alohida etiborga loyiq. Ispanlar g'ayrioddiy tarkibga qaramay (Rodri himoyada, hujumchi birorta sof futbolchi yo'q edi), ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi. Gollardan biri yakunda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritgan 18 yoshli Gavi hisobiga yozildi. Ikkinchi turda ispanlarni sensacion tarzda Yaponiyadan mag'lub bo'lgan Germaniya terma jamoasi kutib turibdi. Mag'lubiyat nemislarni Jahon chempionati pley-off bosqichidan chetda qoldiradi. Bu nemislarni ketma-ket ikkinchi marotaba pley-offga chiqa olmasligini bildiradi. Germaniya JCH-2018 da ham o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunlagandi.
Ojiz Kosta-Rika
JCH-2014da yaxshi o'yin ko'rsatgan Kosta-Rika terma jamoasi bu mundialda ham ishonchni oqlamayapti. Jamoa etakchilari (Kempbell, Ruis, Navas) yoshi ulg'aymoqda, Ispaniya bilan o'yinda kosta-rikaliklar raqib darvozasiga birorta ham zarba berishmadi! 1966 yildan beri Jahon chempionatida atigi ikki marta bunday holat bo'lgan va har ikkisida ham Kosta-Rika katta sahnaga chiqqan. 1990 yilda kosta-rikaliklar Braziliya darvozasiga birorta ham zarba bera olishmagan.
Jahon chempionati tarixidagi eng keksa futbolchi
Kanadalik Atiba Xatchinson Jahon chempionati tarixiga mundial uchrashuvida maydonga tushgan eng keksa futbolchilardan biri sifatida tarixga kirdi. Belgiya bilan o'yinda Xatchinson 39 yoshu 288 kunlik edi. SHu tariqa, u asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. Umuman olganda, rekord kamerunlik Roje Millaga tegishli – 1994 yilgi Jahon chempionatida u 42 yoshu 39 kunligida Braziliya bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushgan.
Ronaldudan yana bir rekord
Krishtianu Ronaldu klubdagi barcha muammolarga qaramay, Portugaliya terma jamoasida hamon etakchilik qilmoqda. SHunday qilib, Gana bilan o'yinda portugaliyalik gol urdi va shu tariqa jahon chempionati tarixiga kirdi. Endi u beshta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchi. Qizig'i shundaki, Ronaldu o'zining beshta Jahon chempionatidan bittasida qolgan to'rttasidan ko'proq gol urgan: aynan 2018 yilda Krishtianu Ispaniyaga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan va Marokash terma jamoasi darvozasiga bitta to'p kiritgan edi.
Birinchi shedevr gol
Bu chempionatda bungacha to'rtta golsiz durang qayd etilgan. Angliya – Eron (6:2) va Ispaniya - Kosta-Rika (7:0) o'yinlarini hisobga olmaganda gollar unchalik ko'p emas. Ammo, yaxshiyamki, bazida Braziliya va Serbiya o'yinidagi kabi durdona asarlar yaratiladi. Risharlison dubl qayd etdi, ikkinchi to'p shoh asar bo'ldi: u chap oyog'ida to'npi qabul qilib, chalqancha zarba berdi va Vanya Milinkovich-Savich darvozasini ishg'ol qildi. Ayni damda bu JCH-2022dagi eng chiroyli gol bo'lib turibdi.
Nikolay Egorichev tayyorladi
Fikrlar