24 iyu 00:03
Yangiliklar
![](/upload/storage/77768_220.jpg)
Qayg'uli xabar: Rossiyalik bokschi nokautdan so'ng vafot etdi + VIDEO
"Maksim vafot etdi. Uning yuragi dosh bermadi", - dedi Dadashevning jamoasi azolaridan biri.
20 iyul kuni Dadashev Okson-Xillda Sabriel Matiasga qarshi jang qilgandi. Rossiyalik bokschi jang davomida tashabbusni raqibiga berib qo'ydi. So'nggi raundlarga kelib esa bir necha marotaba og'ir zarbalarni o'tkazib yubordi. 11-raunddan so'ng Maksimning jamoasi jangni to'xtatdi. Jangdan so'ng bokschining sog'lig'i og'irlashdi va u shifoxonaga olib ketildi. Keyin esa u tezkorlik bilan operaciya qilindi. So'ngra suniy komaga tushdi. Avvalroq, uning hayotga qayta olishi haqida aytilgandi. Biroq, shifokorlar Dadashevning hayotini saqlab qola olishmadi. Bugun u bu dunyoni tark etdi.
Dadashev prof boksda 14 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida (11 nokaut) raqiblarini mag'lub etgandi.
Fikrlar