23 jan 11:59
Yangiliklar
Qilichbozlarimiz AQSHdagi Jahon kubogi bosqichi va Qatardagi Gran-prida ishtirok etishmoqda
25 yanvarga qadar davom etadigan mazkur musobaqada individual va jamoaviy bellashuvlar o'tkazilmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada quyidagi tarkibda qatnashmoqda;
Ayollar:
Zaynab Dayibekova, Samira SHokirova, Fernanda Errera, Gulistan Perdibaeva, Ayakoz Jumamuratova, Nargiza Jaksibaeva.
Erkaklar:
Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Sardor Abdukarimbekov, Alpamis Urakbaev.

Bundan tashqari, 23–25 yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida erkaklar va ayollar o'rtasida shpaga yo'nalishi bo'yicha Gran-pri bo'lib o'tadi.
Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini SHahzoda Egamberdieva, Malika Hakimova, Dilnaz Murzataeva va Sevara Rahimova himoya qiladi. Erkaklar Gran-prisida esa O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Ahmadjon Fayziev, Nurmuhammad Mo'minov, Javohirbek Nurmatov va Meyirhan Timurov musobaqada qatnashadi.

Fikrlar