26 fev 11:02
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz qita chempionatida shohsupaga ko'tarilishdi
Kuvayt mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatidan xushxabar.
Yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan bahslarda O'zbekiston terma jamoasi oltin va bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Ayni paytda sablya bo'yicha erkaklar terma jamoamizning etakchisi bo'lib turgan Musa Aymuratov o'z yosh toifasida qita birinchiligida tengsiz ekanini ko'rsatib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Aymuratovga yarim finalda imkoniyatni boy bergan Islambek Abdazov esa bronza medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar