28 sen 15:10
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova Belgiyadagi turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi
Belgiyaning Gent shahrida qilichbozlik bo'yicha “Flemish Open” xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.
Unda qatnashgan sablyachimiz Zaynab Dayibekova bronza medalini qo'lga kiritdi.
Yarim finalgacha etib borgan hamyurtimiz final ostonasida fransiyalik Luize Kleynga 12:15 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun ushbu dasturdagi yigitlarimiz o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar