29 sen 11:11
Yangiliklar

Musa Aymuratov Belgiyada chempion bo'ldi, Dayibekova ham shohsupada + FOTOGALEREYA
Argentina, Avstraliya, Belgiya, Ukraina, CHexiya, Ispaniya, Italiya, Franciya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Niderlandiya, Turkiya, Singapur singari davlatlardan kelgan mohir mushketyorlar ishtirokida o'tgan musobaqada Musa Aymuratov oltin medalni qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz 1/2 finalda ispaniyalik Santyago Madrigalni 15:10 hisobida mag'lub etdi. Oltin medal uchun kechgan final bahsida esa ukrainalik Andrey Yagodkadan ustun keldi — 15:12.
Satellite turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida 104 nafar ishtirokchi medallar uchun bahslarga kirishdi. Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Zaynab Dayibekova murosasiz kechgan bellashuvlarda bronza medaliga sazovor bo'ldi. CHempionlik belgiyalik Jolien Korteynga nasib etdi. Franciyalik Luis Kleyn kumush medalga ega chiqdi.
Fikrlar