19 iyu 16:24
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi!
Xitoyning Usi shahrida o'tayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatining ayollar o'rtasidagi sablya yo'nalishida kechgan bahslarda Zaynab Dayibekova oltin medalni qo'lga kiritdi.
Pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani CHadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu qoraqalpog'istonlik sportchining kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo'lga kiritgan birinchi oltin medali hisoblanadi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar