15 okt 18:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'izistonlik UFC jangchisi mamlakat bayrog'i ostida jang qilishdan bosh tortdi va boshqa davlatga ko'chib ketishini bildirdi
UFC jangchisi Rafael Fiziev Qirg'iziston diniy idorasining taqiblari sabab mamlakatdan ko'chib ketishini bildirdi.
"Bugun men va mening oilam Qirg'iziston Muftiyati va bir necha mashxur insonlar tomonidan turli taqiblarga uchradik. Buning oqibatida, biz butun Qirg'izistondan ko'ngilni hira qiluvchi minglab xabarlar oldik.
Men hech qachon hech kimga nimanidir singdirishga harakat qilmaganman, dars bermaganman. SHunchaki, men o'z odatiy hayotimni "instagram"da ko'rsatib kelgandim, buni esa millionlab insonlar qilishadi.
Har bir insonning o'z fikri bor. Agar u qonunni buzmasa, istalgan ishini qilishi mumkin", -deydi Rafael Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Rafael Fiziev 4 dekabr kuni UFC Fight Night turnirida Bred Riddelga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar