07 apr 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol Kubogi". Bokschilarimiz finalda kimlarga qarshi jang qiladilar?
Xabaringiz bor, Tailandda boks bo'yicha nufuzli "Qirol Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Turnirda ishtirok etayotgan 7 nafar sportchimizdan 4 nafari final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Vakillarimizning xal qiluvchi bosqichidagi raqiblari bilan tanishtirib o'tamiz.
Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov xal qiluvchi jangni Hindiston terma jamoasi azosi SHiam Kumar Kakaraga qarshi o'tkazadi.
Elnur Abduraimov esa tailandlik Vuttichai Masukka qarshi jang qiladi.
SHahram G'iyosovga qozog'istonlik Sadriddin Ahmedov finalda raqiblik qilishi kutilmoqda.
Isroil Madrimov esa turnir g'olibiga aylanish uchun Kuba vakili Osley Iglesias Estradaga qarshi ringga chiqishi lozim bo'ladi.
8 aprel kuni bo'lib o'tadigan janglarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar