08 apr 10:15
Yangiliklar

"Qirol Kubogi". Hasanboy va SHahram finalda jang o'tkazmaydi
Afsuski, oltin medal uchun asosiy davogar bo'lgan charm qo'lqop ustalarimiz - Rio Olimpidasi chempioni Hasanboy Do'smatov va Olimpiadaning kumush medal sovrindori SHahram G'iyosov bugungi final janglarida ringga ko'tarilishmaydi.
Murabbiylar shtabi o'zaro muhokamadan so'ng shunday qarorga kelgan. Bugun Hasanboy Do'smatov finalda Hindiston terma jamoasi azosi SHiam Kumar Kakaraga, SHahram G'iyosov esa yoshlar o'rtasida jahon chempioni, qozog'istonlik Sadriddin Ahmedovga qarshi ringga chiqishi lozim edi.
Malumot uchun, Elnur Abduraimov bugun oltin medal uchun bahsda tailandlik Vuttichai Masuk bilan jang o'tkazadi. Isroil Madrimovning raqibi esa kubalik Osley Iglesias Estrada bo'ladi.
To'lqin Qilichev: “Hasan ham, SHahram ham raqibidan kuchli edi”
Fikrlar